Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

MUHANDIS-TEXNOLOGLARNI O‘QITISHDA SUN‘IY INTELLEKT MODELLARINING O‘RNI

KS

Karimova Sidora Baxtiyorovna

Jizzax politexnika instituti, Kimyo muhandisligi kafedrasi assistenti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 31–36

Annotatsiya

Mazkur maqolada muhandis-texnologlarni tayyorlash jarayonida sun’iy intellekt (SI) modellaridan foydalanishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi muhandislik ta’limida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish, texnologik jarayonlarni modellashtirish va muammoli vaziyatlarni tahlil qilishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tahlil, taqqoslash, pedagogik kuzatish, so‘rovnoma va natijalarni statistik qayta ishlash usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt modellaridan maqsadli va pedagogik jihatdan asoslangan foydalanish talabalarning o‘quv faolligi, muammoli vaziyatlarni hal qilish va texnologik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, SI vositalaridan foydalanishda akademik halollik, axborotning ishonchliligi va talabaning mustaqil fikrlashini saqlab qolish masalalari muhim ekanligi aniqlandi.

Sun’iy intellekt AI modeli muhandis-texnolog kasbiy kompetensiya raqamli ta’lim texnologik jarayon generativ AI individual ta’lim muammoli ta’lim ta’lim texnologiyalari.

PDF yuklab olish