PEDAGOGIK FAOLIYATDA PSIXOLOGIK MASLAHAT VA KOUCHINGNING O‘QITUVCHI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda psixologik maslahat va kouching texnologiyalaridan integrativ foydalanishning o‘qituvchi kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi psixologik-pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim muhitida o‘qituvchidan faqat predmetga oid bilim va metodik mahorat emas, balki refleksivlik, emotsional barqarorlik, kommunikativ kompetentlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilish hamda kasbiy resurslardan samarali foydalanish qobiliyatlari talab etilayotgani bilan belgilanadi. Maqolada psixologik maslahat va kouchingni diagnostika, maqsadni belgilash, refleksiya, amaliy mashq, qayta aloqa va monitoring bosqichlari asosida integratsiyalashgan model taklif etiladi. Mazkur model pedagogning kasbiy kompetentligini nafaqat bilim va ko‘nikmalar darajasida, balki uning psixologik resurslari va professional o‘zini boshqarish qobiliyati bilan birgalikda rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.