QUYOSH ENERGIYASI ASOSIDAGI ISSIQXONA MIKROIQLIMINI TA’MINLASH QURILMASINING OPTIMAL ISH REJIMLARINI ANIQLASH
Annotatsiya
Ushbu tezisda quyosh energiyasi bilan ishlaydigan issiqxona mikroiqlimini ta’minlash energiya qurilmasining optimal ish rejimlarini aniqlash masalasi tadqiq etilgan. Issiqxona ichidagi harorat va nisbiy namlikning o‘zgarishi, tashqi havo harorati, quyosh radiatsiyasi hamda ventilyatsiya jarayonlarining o‘zaro ta’sirlari tahlil qilingan. Mikroiqim parametrlarini texnik jihatdan maqbul diapazonda saqlagan holda energiya sarfinining minimallashtirilishi optimal boshqaruvning asosiy mezoni sifatida qabul qilingan. Ilmiy manbalar tahlili asosida issiqxona mikroiqlimini energiya samarador boshqarishda matematik modellashtirish, sensorli monitoring va optimal boshqaruv algoritmlaridan foydalanish istiqbolli ekanligi asoslangan.
Kalit so'zlar
Issiqxona
mikroiqlim
quyosh energiyasi
optimal ish rejimi
energiya qurilmasi
harorat
namlik
ventilyatsiya
energiya samaradorligi.