XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA JADIDCHILIK HARAKATINING KESH (SHAHRISABZ) HUDUDIDA ILDIZ OTISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston va Buxoro amirligi hududida vujudga kelgan jadidchilik harakatining Qashqadaryo vohasining tarixiy markazi bo'lgan Kesh (Shahrisabz) hududiga kirib kelish jarayoni tahlil qilinadi. Buxoro amirligi tarkibidagi beklik sifatida Keshning o'ziga xos ma'muriy-diniy muhiti, usul-i jadid maktablarining Buxoro amirligi bo'ylab tarqalish dinamikasi hamda mahalliy ziyolilarning Buxorodagi jadid doiralari bilan aloqalari orqali g'oyalarning hududga singishi manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy va biografik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar
Jadidchilik
Kesh
Shahrisabz
Buxoro amirligi
usul-i jadid maktablari
qadimchilik
Abdulla Gulshaniy.