Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

HUDUDIY IQTISODIY O'SISHDA O'ZBEKISTONNING EKSPORT-IMPORT FAOLIYATINING ROLI

DB

Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich

“Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n. NamDTU

IA

Ismoilov Abdulxoliq Muxiddin o‘g‘li

Tayanch doktorant, NamDTU

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 16-24

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonning eksport-import faoliyatining hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mamlakatning tashqi savdo tuzilmasi, eksport va import hajmlari hamda ularning hududlar iqtisodiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Xususan, O‘zbekistonning asosiy eksport yo‘nalishlari va import ehtiyojlari hududlarda ishlab chiqarish, investitsiya faolligi va bandlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eksport hajmining oshishi va import mahsulotlarining sifatli tahlil qilinishi hududiy iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi. Maqolada olingan ilmiy xulosalar mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirish va O‘zbekistonning xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

Hududiy iqtisodiy o‘sish eksport import O‘zbekiston tashqi savdo mintaqaviy rivojlanish

PDF yuklab olish