Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

OʻZBEKISTON TABIIY MINERALLARI ASOSIDA FOSFORLI KOMPLEKS OʻGʻITLAR OLISH

ZM

Zarnigor Matqulbek qizi Oripova

Andijon davlat texnika instituti, 2-bosqich tayanch doktoranti

UM

Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev

Andijon davlat texnika instituti professori, t.f.d (DcS)

Science Hub Review, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 104–107

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Oʻzbekistonning mahalliy tabiiy mineral xomashyolari — glaukonit va fosforit uni asosida samarali kaliy-fosforli oʻgʻitlar olish imkoniyatlari yoritilgan. Glaukonitning kaliyga boy tabiiy mineral sifatidagi xususiyatlari hamda fosforit unining fosfor manbai sifatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu komponentlarning bir-birini toʻldiruvchi xususiyatlari asosida uzoq muddat taʼsir qiluvchi, ekologik xavfsiz va resurs tejamkor kompleks oʻgʻitlar yaratish istiqbollari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari mahalliy mineral resurslardan foydalanish orqali tuproq unumdorligini oshirish va oʻsimliklarni fosfor hamda kaliy bilan taʼminlashga xizmat qiluvchi yangi turdagi mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqish mumkinligini koʻrsatadi.

glaukonit fosforit uni kaliy-fosforli oʻgʻit mahalliy mineral xomashyo kompleks oʻgʻit sekin taʼsir qiluvchi oʻgʻit ekologik xavfsizlik.

PDF yuklab olish