Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

Yevropa mamlakatlarida turkistonlik o‘zbek muhojirlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi va milliy birdamlik asosida dastlabki diasporal uyushmalarning vujudga kelishi (XX asrning birinchi yarmi)

EN

Elmurodova Nilufar Baxtiyor qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universtiteti assistenti, BuxDU maqsadli tayanch doktoranti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 4 (2026)
Betlar: 318-322

Annotatsiya

Mazkur maqolada XX asrning birinchi yarmida Yevropa mamlakatlarida faoliyat yuritgan turkistonlik o‘zbek muhojirlarining ijtimoiy - siyosiy faoliyati, milliy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari hamda dastlabki diasporal uyushmalarning shakll anish jarayonlari tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, Turkistonda yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq voqealarning turkistonliklarning Yevropaga ko‘chib borishiga ta’siri yoritila di. Shuningdek, muhojirlarning milliy manfaatlarni himoya qilish, Turkistonning siyosiy kelajagi masalalarini xalqaro jamoatchilik e’tiboriga olib chiqish, matbuot va nashriyot faoliyati orqali milliy o‘zlikni saqlash borasidagi sa’y - harakatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada turkistonlik o‘zbek muhojirlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari, milliy tashkilotlar va jamoaviy birlashmalarning vujudga kelishi, shuningdek, ularning siyosiy qarashlar va madaniy qadriyatlarni avlodlarga yetkazishdagi o‘rni o‘rganiladi.

Turkiston o‘zbek muhojirlari Yevropa diaspora siyosiy muhojirlik ijtimoiy-siyosiy faollik milliy birdamlik diasporal uyushmalar milliy o‘zlik.

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Hasan Ali Karasar. The Early Turkestani Émigré Struggle and Turkestanism: Nati on - Imagining in Emigration, 1925 – 1940. Bilig, 2016, № 76, 179 – 204 - betlar.
  2. Abdulhamid Ko‘char. Qullikdan hurlikka. – T.; Muharrir nashriyoti. 2019. – B.69.
  3. Hayitov Sh. Badriddinov S. Vatan deya vatansiz qolganlar qismati. – Buxoro: “Buxoro” nashriyoti; 2005. – B.38 - 39.
  4. Abdurahimov O‘; Abdulla Olim (Toshqin) Firoq vodiysida (Tarixiy roman) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. – T.: 2007. – B. 176 - 177.
  5. Gömeç, S. (2018). Tar ı̇ h ı̇ Türk Coğrafyasının genel hatları. Türk Dünyası Araş tırmaları, 120(237), 103 - 114.
  6. Sayyid Mansur Olimiy. Buxoro Turkiston beshigi (fors tilidan H.To‘rayev tarjimasi). Buxoro - 2004 - yil. – B.122 - 123. даврида. – Т., 2000. – Б. 58 - 59.