TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA 3D MODELLASHTIRISH USULLARINING SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada bo‘lajak tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qituvchilarini tayyorlashda kompyuter grafikasi, 3D modellashtirish hamda zamonaviy raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning nazariy va metodik asoslari har taraflama tahlil qilingan. Grafik dasturlar hamda vizual-kompozitsion yondashuvlar vositasida talabalarning fazoviy tasavvurini, grafik savodxonligini va badiiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tajriba-sinov natijalari asosida dalillangan. Shuningdek, maqolada CAD tizimlari (AutoCAD, Compass-3D) hamda 3D grafik dasturlarini (Blender, 3ds Max) grafik fanlar ta’lim jarayoniga pedagogik integratsiyalash sxemalari va metodik tavsiyalar atroflicha yoritilgan.
Kalit so'zlar
Tasviriy san’at
muhandislik grafikasi
3D modellashtirish
fazoviy tasavvur
kompyuter grafikasi
chizmachilik
CAD tizimlari
raqamli ta’lim
aksonometriya
ortogonal proyeksiya
kompozitsiya.