Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

TEMURIYLAR SULOLASIDA HUKMDORLAR SALOMATLIGI VA KASALLIKLAR TARIXI: SHOHRUH MIRZO MISOLIDA

YM

Yo‘ldoshev Murodjon Xurram o‘g‘li

Buxoro davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 4 (2026)
Betlar: 408-411

Annotatsiya

Mazkur maqolada Temuriylar sulolasi tarixida hukmdorlar salomatligi, ular duch kelgan kasalliklar va tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti Shohruh Mirzo (1377 – 1447) misolida tarixiy jihatdan tadqiq etiladi. Xususan, Shohruh Mirzoning hayotining so‘nggi davrid a salomatligining yomonlashuvi, kasallikka chalinishi, uning kechishi va vafoti bilan bog‘liq tarixiy voqealar yozma manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, XV asrda Temuriylar saroyida faoliyat yuritgan tabiblarning o‘rni, hukmdorlar salomatligini m uhofaza qilish imkoniyatlari, o‘sha davr tibbiyotining nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Maqolada Shohruh Mirzoning kasalligi bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlarning manbashunoslik nuqtayi nazaridan qiyosiy tahliliga alohida e’tibor qaratilib, hukmdorni ng vafotidan keyin Temuriylar davlatida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va taxt vorisligi bilan bog‘liq jarayonlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot Temuriylar davrida hukmdorlar salomatligining davlat boshqaruvi, siyosiy barqarorlik va sulolaviy munosabatlar bilan uzviy bog‘liqligini ochib berishga xizmat qiladi.

Shohruh Mirzo Temuriylar hukmdor salomatlik kasallik tabobat tabib tashxis davolash tibbiy meros saroy tibbiyoti tarixiy manbashunoslik. Mazkur masalani o‘rganishda Temuriylar davlatining yirik hukmdorlaridanShohruh Mirzo Temuriylar hukmdor salomatlik kasallik tabobat tabib tashxis davolash tibbiy meros saroy tibbiyoti tarixiy manbashunoslik. biri bo‘lgan Shohrux Mirzo (1377 – 1447) hayoti va faoliyati alohida e’tiborga loyiqdir. Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo 1409 - yildan boshlab Xurosonda mustaqil siyosiy hokimiyatni mu stahkamlab Temuriylar davlatining muhim qismini boshqargan. Uning hukmronligi davrida Hirot siyosiy iqtisodiy va madaniy markaz sifatida yuksaldi. Shohrux Mirzo davlat boshqaruvi bunyodkorlik ilm - fan va diniy - ma’rifiy faoliyatni qo‘llab - quvvatlagan huk mdor sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Shohrux Mirzoning 408 hayotining so‘nggi davri ayniqsa 1447 - yilda yuz bergan kasalligi va vafoti Temuriylar tarixidagi muhim voqealardan biridir. Hukmdorning Ozarbayjon tomon uyushtirilgan harbiy - siyosiy yurishi j arayonida salomatligi yomonlashgani uning vafotidan keyin esa sulola vakillari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaygani tarixiy manbalarda yoritilgan. Shu jihatdan Shohrux Mirzoning kasalligi faqat biografik yoki tibbiy hodisa sifatida emas balki Temu riylar davlatining siyosiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy omil sifatida ham tadqiq etilishi lozim. Mavzuni o‘rganishda Hofizi Abru tomonidan yaratilgan «Zubdat ut - tavorix» asari alohida ahamiyatga ega. Muallif Shohrux Mirzo hukmronligi davrida sar oy tarixchisi sifatida faoliyat yuritgan va Temuriylar davlatining siyosiy hayotiga oid muhim ma’lumotlarni qayd etgan. Uning «Tarixi Shohruxiy» asari ham hukmdor faoliyati davlat boshqaruvi va o‘sha davr tarixiy voqealarini o‘rganishda muhim manba hisobl anadi. Hofizi Abru ijodiga oid ma’lumotlar Encyclopaedia Iranica nashrining Temuriylar tarixshunosligiga bag‘ishlangan maqolasida ham tahlil qilingan. Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla‘us - sa’dayn va majma‘ul - bahrayn» asari tadqiqotning eng muhim manbalar idan biridir. Muallif Shohrux Mirzo hukmronligining so‘nggi yillarida saroy muhitiga yaqin bo‘lgan va 1447 - yilda hukmdorning vafoti bilan bog‘liq tarixiy voqealarni yoritgan. Asarda 1426 – 1471 - yillarga oid ma’lumotlarning mavjudligi uni Temuriylar tarixinin g keyingi bosqichlarini o‘rganishda muhim birlamchi manbaga aylantiradi. Xususan Shohrux Mirzoning hayotining so‘nggi davri uning vafotidan keyingi siyosiy vaziyat va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishda ushbu asardan foydalanish maqsadg a muvofiq. Shuningdek Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari Temuriylar sulolasining shakllanishi Amir Temur faoliyati va dastlabki sulolaviy munosabatlarni o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur asar Shohrux Mirzoning hayoti va siyosiy faoliyatini kengroq tarixiy kontekstda yoritish imkonini beradi. Biroq muallifning Shohrux Mirzo hayotining barcha davrlariga oid ma’lumotlarni qamrab olmaganligini hisobga olish zarur. Shohruh Mirzo ham Kaspiy janubidagi Mozandaron sarhadida joylashgan Jilov qal’asiga yurish boshlangan paytlarda kasallanadi. Yurtdan olisda harbiy holatda dala sharoitida jang bilan kechgan yillarni tasavvur qilishga urinaman. Qo‘shin ham 409 chiniqqan shah zodalar ham jismonan kuchli shaxslar bo‘lgan. Buni tushunaman. Lekin etti yillik suronli yillar o‘lim xavfi har kuni muqarrar bo‘lib turgan ayyomlar irodasi temirdan bo‘lgan kishilarga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmasdi. Muhammad Sultonning shamollashdan oqib ati fojeiy tugagan kasalga chalinishi Shohruh Mirzoning ham 26 - 27 yoshlarida ayni kuchga to‘lgan navqiron chog‘ida xastalanishi yuqori - dagi mulohazalarga turtki berdi. Amir Temur haz - ratlari valiahd o‘limidan keyin yurak oldirib qo‘ygan emasmi Shohr uh Mirzoga o‘z yaqinlarini olib Hirotga qaytishni amr qiladi. Shohruh Mirzoning qo‘shinlari asosiy qismi Sohibqiron lashkarlari safiga biriktiriladi. Xaloskori soniy - Shohrux Mirzo keksayib kuchdan qolayotgan turfa kasalliklar uni qurshoviga ola boshlag andi. 1444 yilda Shohruh Mirzo kutilmaganda bir og‘ir kasalga chalinadi. Xastalik kundan - kunga kuchaya boradi «ichdagi isitma harorati olov shu’rasidek tashqariga uradi». Bundan Xuroson ahli g‘am - gin bo‘ladi shaharu qishloqlarda podshohning tirikligi yox ud o‘lganligi haqida shubhali gaplar tarqalib ketadi. Muolaja ishlari tepasida Jaloliddin Fe - ruzshoh turadi. Xoziqlar Shohruh Mirzoning joni uchun kurash olib boradilar ishtahadan qolgan bemor hukmdorga uning mijoziga mos keladigan bir shar - batni tayin qiladilar. Hirotning ko‘zga ko‘ringan ruhoniylaridan bo‘lgan Shayx Umar juma kuni namo - zini ado etib podshohdan hol - ahvol so‘rash uchun Bog‘i Zog‘onga keladi. Shohruh Mirzo uchinchi kun tildan qolgan ko‘zini ochmay qo‘ygandi. Shayx Umar undan hol - ahvol so‘raganda ittifoqo Shohrux Mirzo ko‘zini ochib savollarga javob qiladi. Muarrix aytadiki Shoxruh Mirzo Shayx janoblaridan bir nima so‘ra diki janob Shayx Umar muborak boshlaridagi dastorni olib Shohruh Mirzoning oldiga qo‘ydilar va tashqari chiqdil ar». Foydalanilgan adabiyotlar 1. Амир Темур жахон тарихида / Масъул мухаррир: Х - Кароматов. Муаллифлар жамоаси: С.Саиддосимов (рахбар) А.Ахмедов Б.Ахмедов ва бопщ. Тулдирнлганва кайта ишланган иккинчи нашри. — Т.: Шарк 2001. – Б. 56. 2. Бўриев О Қаҳҳоров Н.Т емурийлар ренессанси. - Т.: Тафаккур 2020. - Б.64. 3. Ҳ.Камол (Ҳамзахон Камолов) История вторжения ковевых племен Дашт - и Кипчака в Мавераннахр и Хорасан XVI в). – Душанбе: Дониш 2012. – С. 346. 410 4. X.E. Rustamova N.K. Stojarova Sh.A. Abdurashitova Q.Ch. Nurm amatova Tibbiyot tarixi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / X.E. Rustamova va boshq. - Toshkcnt. « O‘zkitobsavdo» nashriyoti 2020. - 102 b - 240 b. 5. X.E. Rustamova N.K. Stojarova Sh.A. Abdurashitova Q.Ch. Nurmamatova Tibbiyot tarixi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / X.E. R ustamova va boshq. - Toshkcnt. « O‘zkitobsavdo» nashriyoti 2020. - 103 b. 6. Яздий Шарафуддун Али. Кўрсатилган асар. - Б. 143. 7. J.Rizayev./ O‘zbekistonda tibbiyot tarixi va rivoji. - “Yangi O‘zbekiston”. 2022 - yil 25 - yanvar.4 - son.89 - 93 b. 8. Равшанов Поён Амир Тем ур сулоласи: роман. / П.Равшанов. - Тошкент: Янги аср авлоди 2014. – 652 б. 411

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Амир Темур жахон тарихида / Масъул мухаррир: Х-Кароматов. Муаллифлар
  2. жамоаси: С.Саиддосимов (рахбар), А.Ахмедов, Б.Ахмедов ва бопщ. Тулдирнлганва
  3. кайта ишланган иккинчи нашри. — Т.: Шарк, 2001. – Б. 56.
  4. Бўриев О, Қаҳҳоров Н.Темурийлар ренессанси. - Т.: Тафаккур, 2020. - Б.64.
  5. Ҳ.Камол (Ҳамзахон Камолов) История вторжения ковевых племен Дашт-и
  6. Кипчака в Мавераннахр и Хорасан XVI в). – Душанбе: Дониш, 2012. – С. 346.
  7. X.E. Rustamova, N.K. Stojarova, Sh.A. Abdurashitova, Q.Ch. Nurmamatova
  8. Tibbiyot tarixi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / X.E. Rustamova va boshq. - Toshkcnt. «
  9. O‘zkitobsavdo» nashriyoti, 2020. -102 b- 240 b.
  10. X.E. Rustamova, N.K. Stojarova, Sh.A. Abdurashitova, Q.Ch. Nurmamatova
  11. Tibbiyot tarixi [Matn]: o‘quv qo‘llanma / X.E. Rustamova va boshq. - Toshkcnt. «
  12. O‘zkitobsavdo» nashriyoti, 2020. -103 b.
  13. Яздий, Шарафуддун Али. Кўрсатилган асар. - Б. 143.
  14. J.Rizayev./ O‘zbekistonda tibbiyot tarixi va rivoji.-“Yangi O‘zbekiston”. 2022-yil
  15. 25-yanvar.4-son.89-93 b.
  16. Равшанов, Поён Амир Темур сулоласи: роман. / П.Равшанов. -Тошкент: Янги
  17. аср авлоди, 2014. –652 б.