Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH JARAYONIDA YO‘QOTISHLARNI KAMAYTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK USULLARI

RM

Raxmonberdiyeva Maftuna Shuxratjon qizi

Guliston davlat universiteti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 175–182

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy va sifat yo‘qotishlarning asosiy sabablari hamda ularni kamaytirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologik usullar tahlil qilingan. Tadqiqotda hosildan keyingi davrda mahsulotlarning tabiiy massasi kamayishi, fiziologik jarayonlarning jadallashishi, mikrobiologik zararlanish, mexanik shikastlanish va saqlash sharoitlarining yetarli darajada tashkil etilmasligi natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Meva-sabzavot, don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining biologik hamda fizik-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, saqlash jarayonida harorat va namlik rejimini me’yorida ushlab turish, mahsulotlarni dastlabki saralash, sovutish, zamonaviy qadoqlash hamda nazorat qilinadigan muhitdan foydalanishning ahamiyati yoritilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash hosildan keyingi yo‘qotishlar sifat yo‘qotishlari saqlanuvchanlik sovutish texnologiyalari sovuq zanjir qadoqlash nazorat qilinadigan muhit raqamli monitoring resurs tejamkor texnologiyalar.

PDF yuklab olish