ARXEOLOGIK MEROSNI MUZEYLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada arxeologik meros obyektlarini zamonaviy muzeylashtirishning nazariy, metodologik va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Arxeologik yodgorliklarni faqat saqlash obyekti sifatida emas, balki ilmiy tadqiqot, ta’lim, madaniy turizm va jamoatchilik bilan muloqot vositasi sifatida namoyish etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ochiq osmon ostidagi muzeylar, muzey - qo‘riqxonalar, in situ ekspozitsiyalar, interaktiv ko‘rgazmalar, raqamli kataloglar, 3D modellashtirish, virtual va kengaytirilgan r eallik (VR/AR), raqamli hikoyalash (digital storytelling), audiogidlar hamda multisensor ekspozitsiyalarning imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. ICOMning 2022 - yilda qabul qilingan muzey ta’rifi, ICOMOSning arxeologik merosni muhofaza qilish va boshqarish bo‘yi cha tamoyillari hamda UNESCOning meros obyektlarini talqin qilish va boshqarish bo‘yicha yondashuvlari metodologik asos sifatida tahlil qilinadi. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy - arxeologik hududlari misolida muzeylashtirish jarayo nining istiqbollari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida zamonaviy muzeylashtirish modeli konservatsiya, ilmiy tadqiqot, raqamlashtirish, interaktiv talqin, jamoatchilik ishtiroki va barqaror turizmni yagona tizimda uyg‘unlashtirishi zarurligi asoslanadi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ - 177 -
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 - yil 12 - apreldagi 68 - ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ - huquqiy hujjatlarni tasdi qlash haqida”. — Toshkent, 2010.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 30 - martdagi 265 - son qarori. “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risi da”. — Toshkent, 2019.
- ICOM. Museum Definition. — Paris: International Council of Museums,
- ICOM. ICOM Approves a New Museum Definition. — Paris, 2022. Contemporary Research in Social Sciences and Humanities 2026 / No. 1(1)
- UNESCO. Recommendation concerning the protection and promotion of museums and collections, their diversity and their role in society. — Paris: UNESCO, 2015.
- UNESCO. Interpretation/communication of World Heritage properties: Questions and Answers. — Paris: UNESC O World Heritage Centre.
- UNESCO. Managing World Heritage. Revised edition. — Paris: UNESCO,