O‘ZBEK NASRIDA OILAVIY QADRIYATLAR VA SHAXS MA’NAVIYATI (TOG‘AY MUROD ASARLARI MISOLIDA)
Annotatsiya
Maqolada Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasi va “Otamdan qolgan dalalar” romani misolida oilaviy qadriyatlar hamda shaxs ma’naviyati munosabati t ahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi oilaviy rishtalar, avlodlar davomiyligi, ota - ona va farzand mas’uliyati, milliy urf - odatlar va ijtimoiy muhitning badiiy talqinini ochib berishdan iborat. Ishda kontekstual, qiyosiy va poetik tahlil usullaridan foydalan ildi. “Oydinda yurgan odamlar”da farzand kutish, er - xotin sadoqati va marosimlar orqali namoyon bo‘ladigan jamoaviy xotira markazga chiqsa, “Otamdan qolgan dalalar”da oila va avlod taqdiri keng tarixiy - ijtimoiy bosimlar bilan bog‘lanadi. Qiyosiy tahlil oil aviy qadriyatlar yozuvchi ijodida faqat maishiy munosabatlar majmui emas, balki inson qadr - qimmati, xotira va milliy o‘zlikni anglash bilan bog‘liq badiiy mezon ekanini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv asarlarning bugungi tarbiyaviy ahamiyatini ham asoslashga x izmat qiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Tog‘ay Murod. Oydinda yurgan odamlar: qissalar, hikoyalar. — Toshkent:
- Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985. — 160 b. (Bibliografik ma’lumot: Ziyouz.uz,
- “Tog‘ay Murodning barcha kitoblari (1985–2012)”).
- To‘g‘ay Murod (1948–2003). Ziyouz.uz
- Nazarova Naima; Burxonova Feruza. To‘g‘ay Murodning “Oydinda yurgan
- odamlar” qissasi tahlili. 2026.
- Suyumova, Umrixon. “Otamdan qolgan dalalar” romanida tarixiy va ijtimoiy
- hayotning sotsiologik metod asosida yoritilishi.
- Quronov Dilmurod. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: Abdulla
- Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004.